AsosiyDunyo
2581

Rossiya bilan urushda qancha ukrain askari halok bo`ldi?

'Rossiya bilan urushda qancha ukrain askari halok bo`ldi?'ning rasmi

Rossiya bilan ikki yillik urushda 31 ming ukrain askari halok bo`ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Uning so`zlariga ko`ra, urushda 180 ming rossiyalik harbiy halok bo`lgan, yaradorlar bilan birga bu ko`rsatkich 500 mingga etishi mumkin.

Zelenskiy shuningdek, birinchi tinchlik sammiti bahorda Shveysariyada bo`lib o`tishini, unda urushga etaklagan har bir inqirozni hal qilish rejasi ishlab chiqilishini ma`lum qildi.

Prezidentning qo`shimcha qilishicha, 2024 yil burilish davri bo`ladi, urushni tugatish formati ham yakunda shundan kelib chiqiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar