AsosiyDunyo
3056

Tojikiston poytaxtida "blekaut" sodir bo`ldi

'Tojikiston poytaxtida "blekaut" sodir bo`ldi'ning rasmi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda Asia-Plus`ga tayanib Zamon.uz xabar bermoqda. 

Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:10 da poytaxt elektr energiyasiz qolgan, aholi butun shahar bo`ylab elektr energiyasi o`chirilganini aytmoqda. Ayrimlar Dushanbening bir qator tumanlarida ham issiqlik ta`minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bermoqda. Bundan tashqari, uyali aloqa tizimida uzilish va internetga kirishda muammolar borligi aytilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2022 yil 25 yanvar kuni O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`izistonda elektr ta`minotida katta miqyosdagi uzilishlar sodir bo`lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar