Soat 06:45 da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomg`ir oqibatida 6-10 kVli 15 ta elektr uzatish tarmog`i avariyaviy o`chdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
Buning natijasida Urgut va Pastdarg`om tumanlari iste`molchilari qisman (13 ming 700 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta`minotidan uzilgan.
Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, iste`molchilarning elektr ta`minoti to`liq tiklandi.
Shuningdek, soat 07:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg`ir oqibatida 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog`i avariyaviy o`chgan.
Buning natijasida Baxmal, G`allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlari iste`molchilari qisman (2 ming 250 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg`ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.