Kuchli yomg`ir natijasida Toshkent shahridagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Teplichnaya” podstansiyasi hamda Farg`ona viloyatidagi 110 kVli “L-Charxiy-1” elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Buning natijasida Mirobod va Sergeli tumanlari iste`molchilari qisman (3 ming 750 ta) va Qo`qon shahri iste`molchilari qisman (4 ming 200 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilayotgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste`molchilarga barqaror elektr energiyasi etkazib berilishi ta`minlanadi.
12.03.2024 22:23
Kuchli yomg`ir Farg`ona va Toshkentdagi ikkita podsatansiyani ishdan chiqardi
!['Kuchli yomg`ir Farg`ona va Toshkentdagi ikkita podsatansiyani ishdan chiqardi'ning rasmi](https://api.darakchi.uz/media/news_preview/2024/07/29/b6a65b6b1528f98c9a37202be7fe1cae-xl_r3jo75t_WHYffAv_JrWpn9k_xI8PN7H.medium.webp)