AsosiyJamiyat

Toshkentda “Matiz” yonib ketdi

'Toshkentda “Matiz” yonib ketdi'ning rasmi

Bugun 13 mart kuni soat 08:00 larda Mirobod tumani Amir Temur  ko`chasi 33-uy qarshisida haydovchi 1993 yilda tug`ilgan N.A.ga tegishli Matiz rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo`lganligi oqibatida, yonib ketdi. Bu haqda IIB YHXB xabar bermoqda. 

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida tan jaroxati olganlar yo`q. Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong`in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar