Prezident Qosim-Jomart Tokaev topshirig`iga muvofiq Qozog`istonda Navro`z bayramini nishonlash isloh qilindi, dedi Qozog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniyat qo`mitasi raisi o`rinbosari Sabit Barliboev.
“Uning ma`no va mazmunini yanada boyitib, har yili 14-23 mart kunlari o`tkaziladigan “Nauriznam” o`n kunligini e`lon qilish taklif etildi. Navro`z bayramining yagona logotipi ham tasdiqlanib, mamlakatimizning barcha hududlariga jo`natildi. Tarixga nazar tashlasak, Yangi yil bayrami 8-9 kun davom etgan va “Navro`znoma” deb nomlangan”, - dedi Sobit Barliboev Markaziy kommunikasiyalar xizmatida o`tkazilgan brifingda.
U bayramona o`n kunlikning har bir kunida nimalar qilinishini batafsil gapirib bergan.
Navro`z-bozorlik mavsumi ham 14-23 mart kunlari e`lon qilinadi. Shu kunlarda chakana savdo nuqtalarida ommaviy sotish imkoniyatlarini ko`rib chiqish rejalashtirilgan.