Moskvada saylov qutilari shikastlangani haqida kamida ikkita holat ma`lum: birinchisida saylov uchastkasida qiz unga bo`yoq quygan, boshqasida ovoz berish kabinasi yonuvchan suyuqlik sepib yoqib yuborilgan. Ikkala aybdorga nisbatan ham "saylov huquqlarini amalga oshirish yoki saylov komissiyalari faoliyatiga to`sqinlik qilish" bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.
Shuningdek, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi va Sankt-Peterburgdagi saylov uchastkalariga o`t qo`yishga urinishlar bo`lgan. Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko`ra, Volgograd viloyatida, Karachay-Cherkesiyada, Voronej viloyatida Rostov-na-Donda va Simferopolda ham saylov qutilariga yashil bo`yoq to`kib yuborilishi holatlari qayd etilgan.
"Saylov uchastkalari va qutilariga zarar etkazilgan ko`plab hodisalar bunga xorijiy kuchlarning aloqasi borligidan dalolat beradi. Bu oddiy bezorilik emas, balki terrorizm unsurlariga ega harakatdir", — deya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova yuqoridagi holatlarga munosabat bildirdi.
Pamfilova ushbu harakatlar tashkilotchilari va ishtirokchilari besh yilgacha qamoq jazosiga hukum etilishi mumkinligidan ogohlantirdi.