Navro`z umumxalq bayrami arafasida 16-18 mart kunlari O`zbekistoning barcha hududlarida an`anaviy tarzda xayriya hashari o`tkazilmoqda.
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko`rki” shiori ostida o`tayotgan ushbu tadbirda Vazirlar Mahkamasining xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Ular tomonidan bugun, 17 mart kuni Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi 3 gektardan ziyodroq maydonga qariyb ikki mingga yaqin eman, qayrag`och, terak, o`rik, bodom singari mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi.
Umumxalq xayriya hasharida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.