Afg`oniston janubidagi Hilmand viloyatida avtobus, yoqilg`i tashuvchi mashina va motosikl ishtirokida sodir bo`lgan YTHda 21 kishi halok bo`ldi, 38 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat yo`l harakati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 17 mart kuni ertalab Hilmand viloyatining Gerashk tumanida janubiy Qandahor va g`arbiy Hirot viloyatlari o`rtasidagi asosiy magistralda sodir bo`lgan.
"Motosikl yo`lovchi avtobusi bilan to`qnashib ketgan, so`ng u yo`lning qarama-qarshi tomonidagi yonilg`i sisternasiga borib urilgan", deya voqeani tasvirlagan Hilmanddagi yo`l harakati boshqarmasi xodimi Qadratulloh.
Unga ko`ra, Afg`onistonda yo`l-transport hodisalari, asosan, yomon yo`l sharoiti va haydovchilarning ehtiyotsizligi tufayli tez-tez uchrab turadi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.