1

Qozog`iston fuqarolarini Ukrainaning ba`zi hududlarini tark etishga chaqirdi

Dunyo 30.03.2024, 09:20
Qozog`iston fuqarolarini Ukrainaning ba`zi hududlarini tark etishga chaqirdi

Qozog`istonning Ukrainadagi elchixonasi qozog`istonliklarga  keskinlik va beqaror vaziyat sababli Ukrainaning Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda Qozog`istonning Kievdagi elchixonasi saytiga tayanib, "Sentral Asia" nashri xabar berdi.

Elchixona qozog`istonliklarga Ukrainadan Qozog`istonga ikki quruqlik yo`nalishi bo`yicha Polsha yoki Moldova orqali, keyin esa tijorat havo qatnovi orqali borishni maslahat berdi.

"Polsha orqali ketayotganda Qozog`iston fuqarolarining Shengen vizasi bo`lishi kerak, Moldovaga kirish uchun esa viza talab qilinmaydi”,  deyiladi xabarda.

Diplomatlar, shuningdek, barchani havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e`tiborsiz qoldirmaslikka va zudlik bilan boshpana topishga chaqirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1