Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida to`xtab turgan Gentra to`liq yonib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat YHXB holat yuzasidan ma`lumot berishicha, voqea 1 aprel kuni soat 14:35 larda Andijon shahar Amir Temur ko`chasida sodir bo`lgan. 1992 yilda tug`ilgan fuqaro M.R.ga tegishli bo`lgan supermarket avtoturargohida turgan Gentra`ning salon ichidagi elektr qismida qisqa tutashuv sodir bo`lgan. Shu sababli yong`in kelib chiqib, transport vositasining salon ichi va tom qismi to`liq yonib ketgan.
Ushbu yong`in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q, transport vositasiga moddiy zarar etkazilgan.