1

Samarqandda ijaraga berilgan 1,3 mlrd so`mlik bino buzilib, qurilish materiallari sotib yuborildi

Jinoyat 06.04.2024, 19:05
Samarqandda ijaraga berilgan 1,3 mlrd so`mlik bino buzilib, qurilish materiallari sotib yuborildi

Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida ijaraga berilgan bino-inshootni buzib, qurilish materiallarini sotgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Tekshiruvda “Q.G.” MChJ rahbari D.B. tumandagi “Qo`ralos” qishlog`ida joylashgan Samarqand viloyat “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo`yicha yagona direksiyasi” balansida bo`lgan bino-inshootni ijaraga olib, o`ziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 1,3 milliard so`mlik mulkni buzgani va qurilish materiallarini sotib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

#jinoyat   #ijara  #bino-inshoot

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1