1

16 ta qadimgi haykalchalarni chetga olib ketmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Jinoyat 06.04.2024, 23:41
16 ta qadimgi haykalchalarni chetga olib ketmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

O`zbekistonning “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi 678-I-son qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekistondan olib chiqilishi mumkin emas.

Respublikadan qo`shni mamlakatga o`tish uchun «G`ishtko`prik» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroga tegishli bo`lgan qo`l yuklar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilishi natijasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda bojxona xodimiga ma`lum qilinmagan qiymati 41 mln so`mlik 16 dona turli shakldagi qadimiy haykalchalar borligi aniqlandi.

Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko`ra 8 dona chinnidan yasalgan haykalchalar o`tgan asrning boshlarida yaratilgan san`at namunalari ekanligi aniqlanib, respublikamiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1