1

Namanganda odam tana a`zosi oldi-sotdisi bilan bog`liq jinoyat aniqlandi

Jinoyat 08.04.2024, 18:05
Namanganda odam tana a`zosi oldi-sotdisi bilan bog`liq jinoyat aniqlandi

Namangan viloyatning Kosonsoy tumanida yashovchi shaxs Andijonning Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro bilan gaplashib, uning bir buyragini sotib berishga kelishgan.  Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar qildi.

Kelishuvga ko`ra, ular Tojikistonga borishi va jarrohlik amaliyoti o`sha erda o`tkazilishi kerak bo`lgan. U buyrak evaziga $4 ming berishni aytgan.

Ushbu shaxs fuqaroni qalbaki tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar bilan Toshkentga olib kelayotgan vaqtida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan JKning 133-1-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

#Namangan    #jinoyat    #buyrak     #jarrohlik amaliyoti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1