AsosiyDunyo
1719

Ukrainada urush boshlanganidan beri 11 mingga yaqin tinch aholi halok bo`ldi — BMT

'Ukrainada urush boshlanganidan beri 11 mingga yaqin tinch aholi halok bo`ldi — BMT'ning rasmi

Ukrainada urush boshlanganidan beri 10810 nafar tinch aholi, jumladan, 600 nafar bola halok bo`lgan.

Bu haqda BMT bosh kotibi yordamchisi Miroslav Encha Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyatga bag`ishlangan yig`ilishida ma`lum kilgan, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Unga ko`ra, davom etayotgan urush oqibatida birgina mart oyida 57 nafar bola halok bo`lgan.

Energiya infratuzilmasini intensiv va tizimli ravishda nishonga olib, Ukraina shahar va qishloqlarini har kuni o`qqa tutmoqda. Tinch aholi tinimsiz hujumlar nishoniga aylanmoqda va biz ortib borayotgan yo`qotishlardan dahshatga tushmoqdamiz. Rossiya BMT Nizomi va xalqaro tuzilmalarni buzgan holda o`z harakatlarini davom ettirmoqda, — deb ta`kidladi Miroslav Encha.

Uning qo`shimcha qilishicha, Ukraina aholisining qariyb 40 foizi gumanitar yordamga muhtoj.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar