AsosiyJamiyat
1676

Yillik 14 foizdan kredit olib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qo`lga tushdi

'Yillik 14 foizdan kredit olib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 62 yoshli (ayol) M.V. IIOga murojaat qilib, noma`lum shaxs tomonidan 1.696.000 so`m miqdoridagi pullari firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumanida yashovchi 20 yoshli Ya.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko`ra, Ya.A., jabrlanuvchi M.V.ga yillik 14% kredit olib beraman deya uni aldab ishonchiga kirish orqali kartasidan o`sha vaqtning o`zida 1.696.000 miqdoridagi pullarni o`zining foydalanuvida bo`lgan bank plastik kartasiga o`tkazib olgan va qo`lga kiritilgan pul mablag`larini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Ya.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar