AsosiyJamiyat
1742

Suriyadagi terrorchilar safiga qo`shilgan ikki o`zbekistonlik qidiruvga berildi

'Suriyadagi terrorchilar safiga qo`shilgan ikki o`zbekistonlik qidiruvga berildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Suriyadagi terrorchilar safiga qo`shilgan ikki o`zbekistonlik erkak qidiruvga berilganini e`lon qildi.

Laqabi “Iso chavandoz” bo`lgan, 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Aziz Toshkentboev 2012 yilda ishlash uchun Turkiyaga ketgan. 9 yillik oilaviy hayotidan so`ng, ayoli bilan ajrashgan.

Bu vaqtga kelib xalqaro terroristik tashkilotlar vakillari Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning ekstremistik g`oyalari ta`siriga tushib bo`lgan edi. 2014 yilda u diniy aqidaparastlik g`oyalari ta`sirida Suriyaga o`tib, terrorchi guruhlar safida janglarda ishtirok etadi.

1983 yilda tug`ilgan Ubaydullaev Sharip ham buzg`unchilikka yo`g`rilgan diniy ma`ruzalarni eshitib, jihod uchun Suriya davlatiga chiqib ketgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar