1

Eron Isroilga hujum boshladi

Dunyo 14.04.2024, 08:50
Eron Isroilga hujum boshladi

Eron Isroil tomon dronlar hujumini boshladi. Bu haqda Isroilning “Channel 12 telekanali” xabar berdi.

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, Isroilga qo`shni Iordaniya 14 aprel mahalliy vaqt bilan 00:00dan boshlab o`z havo hududini to`liq yopishini e`lon qildi.

Isroil tomon uchayotgan ba`zi Eron dronlari Suriya osmonida havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan.

Shuningdek, Eronning IRNA agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron Isroil tomon ballistik raketa ham uchirgan.

Ularning ma`lumotlariga ko`ra, zarbalar nishonlari Isroil hududi ichida joylashgan. 

ABC News ma`lumotlariga ko`ra, Eron faqat harbiy obektlarga hujum qilmoqda.

Avvalroq Eronning yuzlab dronlari Iroqning janubiy provinsiyalari uzra Isroil hududi tomon uchayotgani xabar qilingandi. Iordaniya hududi ustida Erondan uchirilgan jangovar kallaklarni olib yuruvchi dronlar ham kuzatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1