AsosiyJinoyat
3163

Samarqandda haydovchining hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda mashinasidan 600 gr giyohvandlik moddasi topilgan

'Samarqandda haydovchining hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda mashinasidan 600 gr giyohvandlik moddasi topilgan'ning rasmi

Urgut tumani  Navoiyshox ko`chasida harakatlanib kelayotgan kobalt rusumli transportda 600 gr giyoxvandlik moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda Tuman hokimligi xabar berdi.

2024 yil 13 aprel kuni soat 17:50 lar atrofida Urugut tumaniNavoiyshox ko`chasida xarakatlanib kelayotgan kobalt rusumli transport vositasi Urgut tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan to`xtatilib,  xujjatlari tekshirilgan.  Haydovchi o`zini shubxali tutganligi sababli sohaviy xizmat xodimlari va xolislar ishtirokida transport vositasining salon qismi ko`zdan kechirilganda sariq paketga o`ralgan to`q jigar rangli o`tkir xidli yopishqoq simon taxminan og`irligi 600 gr bo`lgan opiy giyoxvandlik moddasi borligi aniqlanib xolislar ishtrokida olindi. 

Xozirda Samarqand viloyati IIB Tergov Boshqarmasi tomonidanJKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib  dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar