1

Isroilga qarshi operasiya yakunlandi, Eron uni davom ettirishni rejalashtirmayapti – Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Dunyo 14.04.2024, 18:19
Isroilga qarshi operasiya yakunlandi, Eron uni davom ettirishni rejalashtirmayapti – Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general Bag`iriy Eron qurolli kuchlari, kerak bo`lsa, hujumlarni qaytadan boshlashga ham tayyorligini qo`shimcha qildi.  Bu haqda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig`i, general-mayor Muhammad Bag`iriy ma`lum qildi, deb yozadi «Report» mahalliy matbuotga tayanib.

"Agar sionistik rejim Eron hududi, shuningdek, Suriyadagi yoki boshqa davlatdagi Eron markazlariga qarshi qandaydir chora ko`rsa, keyingi amaliyotimiz bundan-da qattiqroq va kengroq tus oladi", – dedi u.

Eron Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi qo`mondoni general Salami Isroilga hujum “kutilganidan muvaffaqiyatliroq bo`lganini” aytdi.

Eronning Isroilga bergan zarbalari natijasida 31 kishi tan jarohati oldi. BuhaqdaIsroilteztibbiyyordamxizmatixabarberdi. 

"Aksariyat odamlar havo hujumlari vaqtidagi vahima va maxsus boshpanalarga berkinish paytida jarohatlangan. Mamlakat janubida yashovchi 7 yoshli qiz raketa parchalaridan yaralangan, uning ahvoli og`ir", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1