Dubay shahridagi Xalqaro aeroportda qo`nish yo`lagining suv bosishi va havo kemalarining harakatlanishiga cheklovlar tufayli qo`nish imkoni bo`lmaganligi sababli, bugun, 17 aprel kuni, HY333 reysi, Toshkent - Dubay yo`nalishi bo`yicha Fujeyra shahridagi Xalqaro aeroportga qo`ndi. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari xabar qildi.
Shu munosabat bilan, bugun, 17 aprel kuni, HY333/334 reyslari o`zgartirilgan marshrut bo`yicha quyidagi harakat jadvali asosida amalga oshiriladi:
Fujeyradan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 19:10
Dubayga kelish vaqti mahalliy vaqt bilan 19:30
Dubaydan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan 21:30
Toshkentga kelish vaqti mahalliy vaqt bilan 23:30