1

O`zbekiston-Xitoy hamkorligi yanada rivojlantirilmoqda

Iqtisodiyot 18.04.2024, 10:59
O`zbekiston-Xitoy hamkorligi yanada rivojlantirilmoqda

Pekin shahrida O`zbekiston-Xitoy Hukumatlararo qo`mitasining Xavfsizlik sohasida hamkorlik bo`yicha kichik qo`mitasining sakkizinchi yig`ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

TIV ma`lumotiga ko`ra, delegasiyalarga O`zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari o`rinbosarlari Bobur Usmanov va Sun Veydun boshchilik qildi.

Muzokaralar chog`ida O`zbekiston-Xitoy hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. 2024 yilda Xitoyga tashkillashtirilgan davlat tashrifi yakunlari bo`yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e`tibor qaratilgan.

Xitoy tomoni O`zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizasiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni yuqori baholagan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, harbiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro`yobga chiqarishdan o`zaro manfaatdorlik tasdiqlangan.

Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo`yicha takliflar ko`rib chiqilgan.

BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi o`zaro hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1