AsosiyJamiyat
1659

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytirilmoqda

'Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  fuqarolarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan Qonuni (O`RQ-922-son, 18.03.2024 y.) imzolandi.

Unga ko`ra:

  •  Pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni to`lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirildi.  (https://t.me/PensionFundRUz/5378)
  •  Pensiya yoshiga etgan fuqarolar pensiya tayinlash uchun nafaqat Pensiya jamg`armasiga, balki o`zlariga qulay bo`lgan  Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi
  • Pensiyalarning eng kam miqdori minimal iste`mol xarajatlaridan oz bo`lmasligi belgilandi. Bunda, pensiyalar miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste`mol narxlari indeksi darajasining o`sish sur`atlarini inobatga olgan holda oshirib borilishi qayd etildi.  
  •  Shuningdek, pensiya yoshiga etgan fuqaro jamg`argan pensiya mablag`larini Xalq bankining mobil ilovasi  orqali olish imkoniyati yaratildi.

Bunda fuqaroda ushbu huquq yuzaga kelganligi Pensiya jamg`armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan  ma`lumotlar asosida aniqlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar