AsosiyJinoyat
1993

"Qo`shmachi"chining avtomashinasi musodara qilindi

'"Qo`shmachi"chining avtomashinasi musodara qilindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudining ajrimiga ko`ra, Jinoyat kodeksining 131- moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sh.Rahmatovaga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya`ni 8 mln. 250 ming so`m jarima tayinlangan.

Ushbu tayinlangan jarimani davlat foydasiga undirishlik uchun chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosining Qarshi tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, to`lov amalga oshirilmagach, majburiy ijro harakatlari olib borilib, fuqaroga tegishli Nexia 3 rusumli avtotransport vositasi xatlab olib qo`yildi.

Shundan so`ng, jinoiy jarima to`liq to`landi va ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar