AsosiyJinoyat

Kecha tunda Sirdaryo 3 kishi o`ldirilib, yoqib yuborildi

'Kecha tunda Sirdaryo 3 kishi o`ldirilib, yoqib yuborildi'ning rasmi

27 aprel kuni soat 02.55 larda Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo`lgan yong`indan keyin uch nafar shaxs qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Holat yuzasidan Bosh prokuratura darakchi.uz’ga ma`lumot berdi.

Jinoyatni fosh etish maksadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko`rilgan zarur choralari natijasida gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi

2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harkatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar