1

Sankt-Peterburgda daryoga qulagan avtobus haydovchisi tojikistonlik bo`lgan

Dunyo 10.05.2024, 21:44
Sankt-Peterburgda daryoga qulagan avtobus haydovchisi tojikistonlik bo`lgan

Sankt-Peterburg shahri markazida ichida o`nlab yo`lovchilar bo`lgan avtobus Moyka daryosiga qulagani haqida xabar berilgan edi.  Avtobus haydovchisi 20 soatlik smenadan keyin ishga chiqishga majbur bo`lgan. Bu haqda jurnalistlarga tojikistonlik Rahmatshoh Qurbonovning rafiqasi ma`lum qilgan.

Ayolning so`zlariga ko`ra, uning turmush o`rtog`i tunggi soat 2:00 da uyga kelgan va soat 5 da reysga ishga qaytgan.

"Va etti yarimda ular uni uyg`otib, ishga qaytishini aytishdi", - deya ayolning so`zlaridan iqtibos keltiradi mahalliy jamoat sahifalari.

Eslatib o`tamiz, voqea 10 may, juma kuni tushdan keyin soat birlar atrofida Sankt-Peterburg markazidagigi ko`prikda sodir bo`lgan. Daryoga qulagan avtobusda kamida 20 yo`lovchi bo`lgan.

Shahar transport qo`mitasining qo`shimcha qilishicha, YTHda aybdor katta ehtimol bilan boshqaruvni yo`qotgan avtobusi haydovchisi bo`lgan. Hozirda haydovchi qo`lga olinib, tergov o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1