AsosiyDunyo

Qozog`istonda xorijliklar uchun yangi vizani joriy qilmoqchi

'Qozog`istonda xorijliklar uchun yangi vizani joriy qilmoqchi'ning rasmi

Qozog`istonda xorijliklar uchun yangi vizani joriy qilmoqchi. Bu haqida Qozog`iston turizm va sport vaziri Ermek Marjikpaev ma`lum qilgan.

U Vazirlar Mahkamasi yig`ilishida chet ellik sayyohlarni mamlakatga qanday jalb etilishi haqida gapirgan. Turizm vaziri sayyohlarning ko`p shikoyatlari viza va migrasiya rejimi masalalari bilan bog`liqligini tan oldi. 

Shuningdek, u viza olish tartib-qoidalarini raqamlashtirish va soddalashtirish orqali viza va migrasiya rejimini takomillashtirish zarurligini ta`kidlagan.

 Qayd etilishicha, xorijiy fuqarolarga mamlakatda uzoq muddat qolish huquqini berish masalasi ko`rib chiqilmoqda Ushbu chorani amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara mamlakatga yiliga 3 milliard tengedan ortiqni tashkil qiladi. Hozirda Neo Nomad Visa dasturini amalga oshirish mexanizmi manfaatdor davlat organlariga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar