AsosiySport
4533

7 yoshli mo`g`ulistonlik qiz shaxmat bo`yicha jahon chempionatida uchta oltin medalni qo`lga kiritdi

'7 yoshli mo`g`ulistonlik qiz shaxmat bo`yicha jahon chempionatida uchta oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Peru poytaxti Lima shahrida o`tkazilgan maktab o`quvchilari o`rtasidagi jahon chempionatida 7 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Az-Erdene Nyamdava uchta oltin medalni qo`lga kiritdi.

Bu yil maktab o`quvchilari o`rtasida shaxmat bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatida Az-Erdene 7 yoshgacha bo`lgan qizlar toifasida ishtirok etib, blis, rapid va standart variasiyalar bo`yicha 3 ta oltin medalni qo`lga kiritib, 40 nafar sportchidan ustun keldi.

Olti yosh toifasini qamrab olgan FIDE 2024 yilgi maktab o`quvchilari o`rtasidagi jahon chempionatida 26 davlatdan 1200 nafar shaxmatchi, jumladan, Mo`g`ulistondan 11 nafar shaxmatchi ishtirok etgan.

Mo`g`uliston Ta`lim va fan vaziri Enkh-Amgalan Luvsanseren Az-Erdene va uning otasi, murabbiy Nyamdava, shuningdek, Mo`g`uliston terma jamoasi a`zolarini chempionatdagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklab, kelgusi turnirlarda muvaffaqiyatlar tiladi.

Nyamdavaning ta`kidlashicha, uning uch farzandi ham shaxmat o`ynaydi, Az-Erdenening akasi va singlisi esa mamlakat chempioni. 

Az-Erdene to`rt yoshida shaxmat o`ynashni boshlagan va shundan so`ng ajoyib muvaffaqiyatlarga erishib, Mo`g`uliston milliy shaxmat chempionatida uchta oltin va ikkita bronza medalini qo`lga kiritgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar