AsosiyDunyo
2089

Rossiyada odamlarni yong`indan qutqargan O`zbekiston fuqarosiga yangi ish taklif qilindi

'Rossiyada odamlarni yong`indan  qutqargan O`zbekiston fuqarosiga  yangi ish taklif qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 26 aprel kuni Sankt-Peterburgda ko`cha tozalovchi bo`lib ishlovchi 48 yoshli Olimjon Ibrohimov yong`in sodir bo`lgan binoning uchinchi qavatida qolib ketgan ayollarning qutqarib olinishiga yordam bergan edi. U drenaj trubasiga chiqib, uchinchi qavatga chaqqonlik bilan ko`tarildi va ayollarga derazadan tushib, karnizga turib olishga ko`maklashdi. Yordamga kelgan o`t o`chiruvchilar esa ayollarni zinapoya orqali pastga tushirdi. Hodisani o`tkinchilar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganidan so`ng, Ibrohimov mashhur bo`lib ketgan edi

Shundan so`ng, Podolskaya ko`chasida odamlarni yong`indan qutqargan o`zbekistonlik Olimjon Ibrohimov uchun shaharliklar 36 ming rubl yig`ishdi.

Ayni paytda xabar qilinishicha, Sankt-Peterburgda odamlarni yong`indan qutqargan Olimjon akaga yangi ish taklif qilindi

O`zbekiston fuqarosi Olimjon Ibrohimovni Kingisepp mashinasozlik zavodiga ishga taklif qilishgan. 

Uning 5-darajali payvandchi mutaxassisligi bor ekan. Shuning uchun Olimjon akaga o`z kasbi bo`yicha ish hamda yuqori maosh taklif qilindi, deyiladi xabarda


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar