AsosiyJinoyat
1993

“Sponsor” bo`lish qimmatga tushdi

'“Sponsor” bo`lish qimmatga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahrida yashovchi 29 yoshli (ayol) Q.M. ariza bilan murojaat qilib, o`zining bank kartasidagi 50 mln so`m pullari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli S.I. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko`ra, S.I. jabrlanuvchi Q.M. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga tovar sotib olish uchun homiy kerakligi va pullarini oz fursatlarda 30 foizga ko`paytirib berishini va`da qilib, aldov yo`li bilan 50 mln so`m miqdoridagi pul mablag`larini o`tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan S.I.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar