AsosiyJinoyat
2629

Farg`onada bola o`g`irlaganligi aytilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada bola o`g`irlaganligi aytilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Joriy yilning 14 may kuni Qo`qon shahrda bola o`g`rilari paydo bo`lganligi aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan edi. Farg`ona viloyati IIB holat yuzasidan o`rganish olib borganidan keyin bola o`g`irligi sodir etilmaganligi haqida ma`lumot berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz'ga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 138-moddasi (zo`rlik ishlatib, g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchi prosessual tartbda ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar