AsosiyJamiyat
1506

Uzbekistan Airways 20 maydan A330 havo kemalarini ekspluatasiyasini davom ettiradi

'Uzbekistan Airways 20 maydan A330 havo kemalarini ekspluatasiyasini davom ettiradi'ning rasmi

Uzbekistan Airways 20 maydan A330 havo kemalarini ekspluatasiyasini davom ettiradi. Avialaynerlar uzoq masofalarga, 4 soatdan ortiq amalga oshiriladigan parvozlarga mo`ljallangan. 

Dastlabki bosqichda havo kemasidan Toshkentdan Istanbulga, keyinchalik Jidda va Seul qatnovlarida foydalanish rejalashtirilgan. Havo kemasi Rolls-Royce Trent 700 dvigatellari bilan jihozlangan. Ilk aviaqatnov HY281/282  Toshkent – Istanbul – Toshkent yo`nalishida 20-may kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways va Qanot Sharq aviakompaniyasi o`rtasida ikkita A330 havo kemalarini bir yil muddatga ijaraga olish bo`yicha shartnoma imzolandi. Avialaynerlar ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo`lgan holda lizingga olindi. Ijarada foydalaniladigan davr – 1 yil davomida, havo kemalari ko`k rangda va Uzbekistan Airways havo kemalarining klassik ko`rinishidan farq qiluvchi maxsus livreyada ekspluatasiya qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar