AsosiyJamiyat
1904

Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko`rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi

'Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko`rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi'ning rasmi

Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko`rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi. Prezident Farmoniga (PF-37-son, 21.02.2024 y.) muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma`lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikasiya qilish tizimi joriy etildi.

Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikasiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko`rsatish imkoniyati  yanada kengaydi.

 Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo`lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.

 Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni  ko`rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integrasiya qilish   rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar