AsosiySport
5567

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bok bo`yicha "Asr jangi" bo`lib o`tdi

'Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bok bo`yicha "Asr jangi" bo`lib o`tdi'ning rasmi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 18 may kuni boks kechasi tashkil etildi.

Kechaning asosiy jangi og`ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Oleksandr Usik o`rtasida bo`lib o`tdi.

Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bo`lingan qarori bilan (bitta hakam Fyuri g`alabasini qayd etdi) Usik g`alaba qozondi.

Shu tariqa Usik so`nggi 25 yil ichida barcha 5 ta kamarga (WBA, IBF, WBO, IBO, WBC) ega chiqqan ilk bokschiga aylandi.

9-raund so`nggida Fyuri nokdaun holatiga tushdi va raund tugagani sababli jon saqlab qoldi.

Oleksandr Usik faoliyatidagi 22-g`alabani qo`lga kiritdi. U hozircha biror marta mag`lub bo`lmagan (14 ta nokaut). Tayson Fyuri esa ilk mag`lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha uning hisobida 34 ta g`alaba (24 ta nokaut) va 1 ta durang bor edi.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar