AsosiyJamiyat
1919

Qashqadaryoda ekilmagan 50 mingga yaqin daraxt qo`shib yozilgani aniqlandi

'Qashqadaryoda ekilmagan 50 mingga yaqin daraxt qo`shib yozilgani aniqlandi'ning rasmi

Ilgari xabar qilinganidek, Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o`rmon xo`jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil bahor mavsumida amalga oshirilgan ishlar o`rganilmoqda.

O`rganishlarda, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida ko`chat ekish ishlarining haqqoniyligi, natijadorligi, mas`ullar biriktirilganligi va sug`orish tizimlarining mavjudligini tanqidiy o`rganishda tuman-shahar mas`ullari tomonidan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ta`minlanmaganligi aniqlandi.

Andijonda aniqlangan 19 ta holatda 1128 tup daraxt sug`orilmaydigan erlarga ekilganligi holati bo`yicha 6 nafar mas`ul shaxslar, Qashqadaryoda 12 ta holatda ekilmagan 48 348 tup daraxt qo`shib yozilganiligi bo`yicha Kasbi, Mirshikor, Chiroqchi tuman hokimlarining o`rinbosarlari, Kitob va Chiroqchi tuman ekologiya bo`lim boshliqlari intizomiy hamda 2 nafar mas`ul shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi va viloyat hokimligiga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari Yuqorichirchiq tuman hududida ekilgan 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilib, tabiatga 1 mlrd. 487 mln. so`mlik zarar etkazgan.

Mazkur holat bo`yicha Toshkent viloyati prokurautrasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov hakatlari olib borilmoqda.

Bu boradagi nazorat tadbirlari davom etirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar