AsosiyJinoyat
1601

Yunusobodda niqob taqib daraxt kesganlar 5 sutkaga qamaldi

'Yunusobodda niqob taqib daraxt kesganlar 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16 aprelga o`tar kechasi noma`lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo`lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo`porib tashlangan edi. Holat yuzasidan Poytaxt ekologiya boshqarmasi ma`lumot berdi.

Sud qaroriga ko`ra, huquqbuzarlar D.E. va A.A.  Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183-moddasi va 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Aybdor D.E. ga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi va 8 million 500 ming so`m jarima jazosi tayinlangan. A.A.ga esa 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi va 17 million so`m  jarima belgilangan.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, huquqbuzarlar D.E. va A.A. dan Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar uchun 27 million 880 ming so`m undirib olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar