AsosiyJinoyat
3945

Fuqarolarni chuv tushirib kelgan treyder qo`lga olindi

'Fuqarolarni chuv tushirib kelgan treyder qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli A.F. ariza bilan murojaat qilib, o`zining bank kartasidagi 1 mnl. so`m pullari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi 24 yoshli E.S. sodir etganligi aniqlangan.

Ma`lum qilinishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan P.D., J.R.ga o`zini treyderlik faoliyati bilan shug`ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko`paytirib berishini va`da qilib, aldov yo`li bilan 1 mnl. so`m miqdoridagi pul mablag`larini  o`tkazib olishga erishib, bergan va`dasini bajarmasdan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan F.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar