AsosiyDunyo
1861

Ramzan Qodirov 18 yoshli o`g`lini sport vaziri etib tayinladi

'Ramzan Qodirov 18 yoshli o`g`lini sport vaziri etib tayinladi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to`ng`ich o`g`li Axmat Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Ramzan Qodirovning o`zi ma`lum qildi.

Axmat Qodirov so`nggi uch oy davomida Checheniston yoshlar ishlari vaziri lavozimini egallab kelgan. Endi vazirlikka Ramzan Vismurodov rahbarlik qiladi, dedi Qodirov.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida ishlab kelgan Iso Ibragimov Checheniston rahbari va hukumati ma`muriyati rahbari o`rinbosari lavozimiga o`tkazildi, deb xabar berdi respublika rahbari.

Axmat Qodirov noyabr oyida 19 yoshga to`ladi. 2023 yil noyabr oyida u jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari bo`ldi. U 2024 yil fevral oyida Respublika yoshlar masalalari bo`yicha vazir lavozimini egallagan va shu bilan birga respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar