AsosiyJinoyat
2833

"Prava" olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'"Prava" olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy o`quv sport texnika klubi o`rgatuvchi ustasi B.M. fuqaro S.Sh.ga “V.S.” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. .

Ma`lum qilinishicha,  Departamentning Taxtako`pir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. fuqaro Yu.E.ning ishonchiga kirib, unga go`yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo`li bilan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar