AsosiyJinoyat
2433

"G`ishtko`prik" chegara postiga kirib kelgan avtobusda 59 kglik zargarlik buyumlari aniqlandi (video)

'"G`ishtko`prik" chegara postiga kirib kelgan avtobusda 59 kglik zargarlik buyumlari aniqlandi (video)'ning rasmi

1 mlrd 770 mln so`mlik bo`lgan zargarlik  buyumlari avtobusda aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent viloyati "G`ishtko`prik" chegara bojxona postida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan.  

Tadbirda O`zbekistonga o`tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda tekshirilgan. 

O`tkazilgan nazorat natijasida avtobusning qo`shimcha g`ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so`mlik 59 kg kumush zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar