1

Raisiyning halokati bo`yicha dastlabki hisobot e`lon qilindi

Dunyo 25.05.2024, 09:41
Raisiyning halokati bo`yicha dastlabki hisobot e`lon qilindi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy bo`lgan vertolyot halokati bo`yicha dastlabki hisobotni e`lon qildi. Bu haqda “Ihlas Agency” xabar berdi.

Hisobotda qayd etilishicha, sodir bo`lgan voqeaning ayrim tafsilotlarini ko`rib chiqish uchun “ko`proq vaqt”kerak. 


 

Dastlabki tergovda aniqlanishicha, vertolyot mo`ljallangan marshrut bo`ylab parvoz qilgan va yo`nalishini o`zgartirmagan. Halokatdan taxminan bir yarim daqiqa oldin vertolyot uchuvchisi parvoz guruhidagi boshqa ikkita vertolyot bilan bog`langan. 

«Halokatga uchragan vertolyot bo`laklarida o`q izlari yoki shunga o`xshash talafot aniqlanmadi», deyiladi xabarda. 

Bosh shtab ma`lumotlariga ko`ra, vertolyot tog` bilan to`qnashganidan keyin yonib ketgan. Tergov shuni ko`rsatdiki, dispetcherlar va ekipaj o`rtasidagi suhbatlarda «shubhali hech narsa sezilmagan». 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va yana 6 kishi bo`lgan vertolyot 19 may kuni kechqurun Ozarbayjon chegarasiga yaqin joyda halokatga uchradi. Uning qoldiqlari 20 may kuni ertalab topildi. Halokatda hech kim tirik qolmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1