AsosiyDunyo
2709

Tramp Ukraina mojarosini to`xtata olishini aytdi

'Tramp Ukraina mojarosini to`xtata olishini aytdi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp agar u qayta prezidentlikka saylansa, Rossiya va Ukraina o`rtasidagi mojaroga barham berish uning ustuvor vazifalaridan biri bo`lishini aytdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

“Prezidentlik saylovida g`alaba qozonganimdan so`ng men Ukraina va Rossiya o`rtasidagi dahshatli urushga chek qo`yaman, shunda biz boshqa odamlarning mojarolariga yuzlab million dollarlarni behuda sarflashni to`xtatamiz”, dedi Tramp.

Eslatib o`tamiz, 24 may kuni Tramp AQSh prezident Jo Bayden davrida jahon sahnasida hurmatni yo`qotganini aytgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar