AsosiyJinoyat
2756

"Qo`rqqandim, shuning uchun yashirinib yurganman"

'"Qo`rqqandim, shuning uchun yashirinib yurganman"'ning rasmi

Farg`onada fuqaroga og`ir tan jarohati etkazib qochib ketgan erkak qo`lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan. Ushbu shaxsni qo`lga olish bo`yicha olib borilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta shaxslar va mashinalar kuzatuvga olingan. Natijada 2024 yil 24 may kuni qidiruvda bo`lgan 31 yoshli jinoyatchining shaxsi aniqlangan va qo`lga olingan.

“2022 yil mart oyida qidiruvga berilganman. Qo`rqqandim, shuning uchun yashirinib yurganman”, deydi jinoyatchi.

Viloyat IIB yana kimdir ushbu shaxsdan jabrlangan bo`lsa, tegishli organlarga murojaat qilishini so`ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar