AsosiyJamiyat
1873

Namangandagi qamoqxonada o`zni osgan mahbus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Namangandagi qamoqxonada o`zni osgan mahbus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 23 may kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o`z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, marhum jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish" bilan sudlangan. 

Murdani ko`zdan kechirish davomida bo`yin sohasida strangulyasion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to`liq va xolisona o`tkazilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar