AsosiyJamiyat
1646

3 ta bankning “Toshkent City”dagi osmono`par binolari sotuvga qo`yildi

'3 ta bankning “Toshkent City”dagi osmono`par binolari sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "Asakabank" AJ, "O`zsanoatqurilishbank" ATB va AT "Aloqabank"ga tegishli “Toshkent City”dagi yangi ko`p qavatli binolarini ommaviy savdolar orqali sotishga chiqardi.

Ushbu bitimga “KPMG” kompaniyasi sotish jarayonini tashkil etish bo`yicha konsultant sifatida jalb qilingan.

Davaktiv agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari(aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga bo`lgan qiziqishlari o`rganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazlarini sotib olishga bo`lgan qiziqishini o`rganish, KPMG tomonidan Aktivlar to`g`risida tayyorlangan investision tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar