AsosiyDunyo

Rossiyalik mashhur aktrisa 53 yoshida vafot etdi

“Moya prekrasnaya nyanya” seriali yulduzi Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi.Hoz...

“Moya prekrasnaya nyanya” seriali yulduzi Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi.

Hozircha san`atkor bilan xayrlashuv marosimi qachon va qaerda bo`lib o`tishi ma`lum emas. Aktrisaning yaqinlari dafn marosimi joyi va vaqti haqida keyinroq ma`lum qilishlarini aytishgan. 

Aktrisa ko`p yillar davomida miya saratoni bilan kurashdi.

Zavorotnyukga 2019 yil boshida miya saratoni tashxisi qo`yilgan edi. U bir muncha vaqt davomida kuchli bosh og`rig`idan shikoyat qilib yurgan. Dastlab bunga ahamiyat bermagan.

2024 yil may oyida, o`limidan biroz oldin, aktrisaning ahvoli keskin yomonlashgan. 

U 2004 yildan 2009 yilgacha STS kanalida namoyish etilgan "Moya prekrasnaya nyanya" komediya janridagi serialidagi roli bilan mashhur bo`ldi. Aktirisa kutilmaganda mashhur bo`lganini o`zi ham tan olgan. Zavorotnyuk, shuningdek, "Yulduzlar bilan raqs" va "Nikoh o`yinlari" loyihalarida ishtirok etishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar