AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik erkak xotinini derazadan itarib yubordi

'Rossiyada o`zbekistonlik erkak xotinini derazadan itarib yubordi'ning rasmi

Kecha, 17 iyun kuni Rossiyada o`zbekistonlik erkak xotinini rashk tufayli ko`p qavatli binoning oltinchi qavati derazasidan uloqtirib yubordi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea kunduzi Sankt-Peterburg shahrida sodir bo`lgan. 34 yoshli ishsiz o`zbekistonlik rashk tufayli 27 yoshli xotinini ijaraga olingan ikki xonali kvartiraning ochiq derazasidan tashqariga otib yuborgan.

Aniqlanishicha, ayol yiqilganidan keyin tirik bo`lgan. So`ng u shifoxonaga olib borilgan. Ammo birozdan keyin ayol shifoxonada vafot etgan.

“Hozirda erkak qo`lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar