1

Rossiyada 4 nafar o`zbekistonlik 21 yoshli qizga pichoq tirab tajovuz qilgani aniqlandi

Dunyo 18.06.2024, 20:40
Rossiyada 4 nafar o`zbekistonlik 21 yoshli qizga pichoq tirab tajovuz qilgani aniqlandi

Bugun, 18 iyun kuni Rossiyaning Primorsk o`lkasi sudi 4 nafar o`zbekistonlik yigitga 21 yoshli qizning jinsiy daxlsizligini buzish holatlari bo`yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqda Primorsk o`lkasi sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, ish joriy yilning 15 iyun kuni Shamora plyaji hududidagi kafeda sodir bo`lgan voqea bilan bog`liq. Gap shundaki, besh nafar O`zbekiston fuqarosi oldindan til biriktirib, jabrlanuvchiga pichoq tiragan va unga tajovuz qilgan.

“Sud to`rt nafar ayblanuvchiga nisbatan ikki oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlagan. Beshinchisining prosessual holati esa hali aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1