AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda o`nlab bog`cha bolalarini olib ketayotgan Nexia avtohalokatga uchradi

'Qoraqalpog`istonda o`nlab bog`cha bolalarini olib ketayotgan Nexia avtohalokatga uchradi'ning rasmi

Tarmoqlarda xususiy bog`cha tarbiyalanuvchilarining 10 nafarga yaqini YTHga uchragani aytilgan video tarqaldi. Qoraqalpog`iston IIV va Beruniy tumani hokimligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 19 iyun kuni soat 09:55 da tumanning Shabboz OFYda yashovchi S.G. (1991 yil tug`ilgan) o`z boshqaruvidagi Nexia 3 mashinasida ketayotganda Quruvchilar ko`chasida yo`l-transport hodisasiga uchragan.

Voqea tufayli 2 nafar voyaga etmagan bola jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat etgan va tibbiy yordam ko`rsatilgan, deyiladi xabarda.

Respublika IIVga ko`ra, yo`l chetida turgan Gentra avtomashinasi Nexia oldiga chiqib yuborishi oqibatida mazkur hodisa sodir bo`lgan.

Jarohat olganlardan biri 6 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Ularning sog`lig`i joyida, deb qo`shimcha qilgan vazirlik hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlanganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar