Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to`liq to`lagan holda ularni xarid qilgan va o`rnatgan iste`molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg`armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:
Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o`rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o`rnatilgan quvvati:
0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo`lganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming so`m);
1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo`lganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming so`m);
1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo`lganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming so`m);
2 kVt va undan yuqori bo`lganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming so`m);
5 kVt va undan yuqori bo`lganda BHMning 50 barobar (17 mln so`m, faqatgina yangi erlar o`zlashtirilganda va tik quduqlarda o`rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste`moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta`minlanganda).